Markaziy bank Özbekistonda banklar va tadbirkorlik sub’yektlari uçun valuta operatsiyalariga çeklovlar joriy etiş töğrisidagi qarorini bekor qildi. 16 sentabr kuni Markaziy bankda bölib ötgan matbuot anjumanida regulyator raisi Mamarizo Nurmurodov bunga izoh berdi.
“Bu qaror böyiça ma’lum bir ijobiy fikrlarni körmadik. Falsafada şunday tuşunça bor, jamiyat qabul qilmagan qaror, bu – notöğri qaror. U qaysi maqsadga yönaltirilgan bölişidan qat’i nazar. Bugun ertalab bank qömitamiz mazkur qarorni bekor qildi. Bizning eng katta kamçiligimiz – kommunikatsiyani töğri taşkil qila olmaganimiz böldi. Qarorda tijorat banklariga tegişli masalalar böyiça çoralar körilsin, deb yozilgan. Ikkinçi tomondan, bu normativ hujjat emas, çunki bizning bank qömitamiz har hafta payşanba yoki juma kuni töplanib, banklardagi joriy muammolarni, bizni taşvişga solayotgan, öylantirayotgan masalalarni öşa banklar iştirokida muhokama qilib, boşqa banklarga ham ma’lumot yetkazadi. Bu doimiy böladigan jarayon.
Asosiy maqsadimiz nima edi? Hozirgi kunda taşqi iqtisodiy aloqalar, banklarning valuta operatsiyalariga bölgan talab, nafaqat bizda, balki butun dunyoda kuçaydi. Komplayens nazorat tizimi hozir hamma joyda talab qilinyapti. Biz ham özimizning tijorat banklarimizdan buni sörayapmiz.
Har bir valuta operatsiyasi, u milliy valuta böladimi, birjadan sotib olingan valuta böladimi, albatta, ekspert guruhidan körikdan ötişi kerak. Bölayotgan valuta operatsiyasining qaysi maqsadga möljallangani örganilişi kerak. Bu töxtatib qöyişni nazarda tutmaydi, guruh özining fikrini aytadi. Hozirgi kunda tijorat banklarida valuta operatsiyalari bilan boğliq tölovlarni amalga oşirişda mijozlarni lozim darajada tekşiriş – KYC (öz mijozingizni biling) tizimi butun dunyoda bor. Öşa nuqtai nazardan ekspertlar guruhidan ötkaziladi. Bizning ham valuta amaliyotlarini amalga oşiriş reglamentlarimizda bu narsa belgilangan”, dedi Mamarizo Nurmurodov.
















