Yevropa komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen Yevropa davlatlarini Italiyadan u yerga kelgan noqonuniy muhojirlarning bir qismini olib çiqişga çaqirdi. 17 sentabr, yakşanba kuni Italiya boş vaziri Jorja Meloni bilan Italiyaning Lampeduza oroliga qöşma taşrifi çoğida u: «tartibsiz immigratsiya – bu Yevropa javobini talab qiladigan muammo», dedi. 

Har yozda bölgani kabi, Tunisdan 145 km şimolda joylaşgan Lampeduza oroli Afrikadan ön minglab muhojirlar oqimidan aziyat çekmoqda. Birgina 11-13 sentabr kunlari u yerga 199 ta kemada 8500 ga yaqin odam yetib keldi. Natijada, Lampeduzadagi qoçqinlar soni uşbu Italiya oroli aholisi sonidan oşib ketdi.

Qizil Xoç taşkilotiga köra, 17 sentabr kuni ertalab Lampeduzadagi 400 kişiga möljallangan migrantlarni qabul qiliş markazida 1500 kişi qolgan. Kun davomida ularni Sitsiliya va Italiyaning qit’a qismiga olib boriş rejalaştirilgandi.

Meloni harbiy-dengiz kuçlaridan foydalanişga çaqirdi

Jorja Meloni Yevropa Ittifoqini imkon qadar tezroq zarur çoralarni körişga çaqirdi. «Italiyada muhojirlar oqimi bilan boğliq vaziyat çidab bölmas holatda. Yevropa kelajagi Yevropaning migratsiya kabi inqirozlarga qarşi turiş qobiliyatiga boğliq. Biz nazoratsiz migratsiyani töxtatişimiz kerak. Italiya-Tunis migratsiya kelişuvi Şimoliy Afrikaning boşqa mamlakatlariga ham kengaytirilişi kerak. Muhojirlar va qoçqinlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari örtasida oddiygina qayta taqsimlaş muammoni hal qila olmaydi», - deya ta’kidladi u.

15 sentabr kuni Meloni Lampeduzaga kelayotgan muhojir kemalarini töxtatiş va kerak bölganda, harbiy-dengiz kuçlarini qöllaş uçun Yevropa missiyasini yaratişga çaqirdi. Ursula fon der Lyayyen bunga javoban Frontex Yevropa çegara xizmati orqali dengizda va havodan kuzatuvni kuçaytirişni taklif qildi. U, şuningdek, mavjud harbiy-dengiz floti missiyalarini kengaytiriş yoki yangilarini kelişiş variantlarini örganiş taşabbusini qöllab-quvvatladi. 

Tunis xavfsizlik kuçlari kuni keça Italiyaga noqonuniy migratsiyani töxtatiş maqsadida, mamlakatning bir qator qirğoq şaharlarida muhojirlar va kontrabandaçilarga qarşi keng kölamli amaliyotlar ötkazdi. Guvohlar va rasmiylarning aytişiça, yuzlab muhojirlar va köp sonli kontrabandaçilar qölga olingan.