Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air Producs O‘zbekistondagi yuqori texnologik loyihalarga 10 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Air Producs boshqaruvi raisi Seyfi Gasemiga shaxsan davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga amaliy tashrif doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlari davomida Air Producs kompaniyasi boshqaruvi raisi, prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda AQSh davlat kotibining energetika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jyeffri Payyett ham ishtirok etdi.
AQShning yetakchi kompaniyasi bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari, joriy loyihalarning borishi va istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalar ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda Air Producs tomonidan Uzbekistan GTL’da sanoat gazlarini qayta ishlash, “Navoiyazot” negizida sintez-gaz, kislorod va azot, suyultirilgan karbonat angidrid ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirmoqda.
Keyingi ikki yilda ushbu loyihalarning davomi sifatida kompaniyaning 1 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari jalb qilindi.
Suhbatda ko‘mirni gazlashtirish, texnik gazlar, vodorod va ammoniy ishlab chiqarish hamda achchiq gazlarni utilizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi.
Air Producs ekspertlari karbonsizlashtirish sohasida zarur normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ham qatnashadi.
Bundan tashqari, loyihalar portfelidan oziq-ovqat sanoatiga innovatsion ishlanmalarni joriy qilish o‘rin olgan.

Uchrashuv yakunida Air Producs kompaniyasining O‘zbekiston uchun qiymati 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yangi investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar almashildi.
O‘zbekiston-AQSh ko‘p qirrali hamkorligini kengaytirishga qo‘shgan hissasi va mamlakatdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Air Producs boshqaruvi raisi Seyfi Gasemiga shaxsan davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.


Mavzuga oid
18:57 / 16.06.2026
Prezident AQShning Air Producs kompaniyasi rahbarini qabul qildi
09:48 / 23.09.2025
Prezident Air Producs bilan strategik sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
08:52 / 23.09.2025
O‘zbekiston Air Producs bilan strategik sheriklikni rivojlantiradi
18:03 / 24.08.2025