Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Mahmud Ahmadinajodga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod va mamlakat Razvedka vazirligiga qarshi sanksiyalar qo‘llanishini e’lon qildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod (2005-2013) va mamlakat Razvedka vazirligiga qarshi sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.
Bu haqda Amerika rahbari bayonotida aytiladi.
«Bugun biz sobiq prezident Mahmud Ahmanidajod va Eron Razvedka vazirligiga qarshi sanksiyalar kiritmoqdamiz. Biz Eronni mintaqadagi provokatsion harakatlari uchun javobgarlikka tortishda davom etamiz», - deyiladi bayonotda.
Mahmud Ahmadinajod 1956 yilning 28 oktyabrida tug‘ilgan. U Eron Islom Respublikasining oltinchi prezidentidir. 2005 yilning 6 avgustida prezidentlik saylovlarini ko‘pchilik ovozi bilan yutgan. Prezident bo‘lishdan oldin Tehron hokimi bo‘lib xizmat qilgan.
Ahmadinajod Jorj Bush boshqaruvi tanqidchisi hamda Rossiya, Venesuela, Suriya va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish tarafdori bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:53 / 01.03.2026
OAV: Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham halok bo‘lgan
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025