Ecoplit kompaniyasi ishlab chiqarayotgan gipsoakril bu siz uchun yaxshi tanish bo‘lgan gipsokartonning kelajagidir.

Gipsoakrilning ustunlik tomoni - uning ustki qoplamasi oddiy karton emas, balki tayyor bo‘yalganligidadir. Ya’ni unga maxsus ishlovlar va rang berish shart emas. Gipsoakrilni didingizga qarab rangini tanlaysiz va devoringizga shunchaki o‘rnatasiz. Bu esa uyni ta’mirlashdagi xarajatlaringiz va vaqtingizni bir necha barobarga kamaytiradi.

Gipsoakrilni o‘rnatishning turli uslublari bor. Ulardan eng ma’quli bu tutashmalardagi maxsus qoplamalardir. Ularni ham gipsoakrilning rangi va uslubiga qarab tanlash mumkin. Ba’zida bu qoplamalar xonaning uslubini to‘ldirib turuvchi element sifatida ham ishlatiladi. Gipsokarton bilan ishlaydigan ustalar hech qanday qiyinchiliklarsiz gipsoakril panellarini ham o‘rnatishlari mumkin. 

Hozirda gipsoakrildan interer dizaynerlar keng foydalanishmoqda. Bu mahsulot ularga intererning yangicha uslubini yaratish va ta’mirlash ishlarini sifatli hamda tez tugatish imkonini beradi.