Bugungi kunda yong‘in xavfsizligi shunchaki hisobotlardagi rasmiy band emas, balki ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishning yagona yo‘lidir. Savdo markazlari va turar joy majmualari odamlar bilan gavjum bo‘lgan zamonaviy megapolislarda qurilish materialini tanlashdagi har qanday xato fojiali yakunlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yong‘in nazoratini tubdan kuchaytirishga qaratilgan PQ-4424-sonli Qarori ijrosi doirasida mamlakatimiz quruvchilari murosasiz xavfsizlik standartlariga o‘tmoqdalar. «INNO-PANEL» MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Ecoplit MKP (meneral kompazit panellari) ana shu xavfsizlikning mustahkam poydevoriga aylanmoqda.

Nima uchun Ecoplit - xavfsiz tanlov?

Mutlaq yong‘inga bardoshlilik: (NG, yonmaydigan materiallar guruhi)

Xalkaro standartga (GOST 30244-94) muvofiq, bu qurilish materiallari uchun mavjud bo‘lgan yuqori yong‘in xavfsizligi toifasidir.

№ 344-sonli rasmiy bayonnomaga ko‘ra, panellar 750°C haroratda ham o‘z tuzilishini saqlaydi, yonishni qo‘llab-quvvatlamaydi va zaharli tutun chiqarmaydi.

Ekologik toza tarkib: Panellar tabiiy komponentlar - kvars qumi, sellyuloza va sementdan tayyorlanadi. Bu uni to‘liq ekologik toza mahsulotga aylantiradi.

Salomatlik uchun bezarar: Mahsulot inson sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydi va allergiya chaqirmaydi. Bu SES (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati) tomonidan berilgan maxsus sertifikat bilan tasdiqlangan.

Anomal iqlimga chidamlilik: Panellar hatto eng anomal ob-havo sharoitlarida (jazirama issiq yoki qattiq sovuq) ham o‘z tarkibi va sifatini o‘zgartirmaydi.

Interer va fasad uchun ishonchli yechim

Ecoplit panellari, bu nafaqat estetik go‘zallik, balki ko‘p yillik kafolatga ega bo‘lgan xavfsizlik demakdir. Ular turar joy majmualari, shifoxonalar, maktablar va yirik tijorat obektlari uchun eng xavfsiz va maqbul yechimdir.

MK panellarini ishlab chikarish:

Mahalliy va SNG davlatlari qurilish bozorida o‘z nomiga ega bo‘lgan Ecoplit kompaniyasi Inno Panel zavodining savdo brendi hisoblanadi. Zavod ishlab chiqarayotgan panellar aynan Ecoplit nomi bilan bozorga chiqariladi. Zavod Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan bo‘lib, yiliga 5 mln kv.m MK (ekologik toza, yong‘inga bardoshli) panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Inno Panel mahalliy qurilish bozorida, davlat tashkilotlari, qurilish kompaniyalari va arxitektorlarni xavfsiz hamda sifatli panellar bilan ta’minlay oladi.