22 sentabr kuni Özbekistonda har yili ötkaziladigan V Yevropa harakatlaniş haftaligi doirasida «Avtomobilsiz kun» bölib ötadi, deya xabar bermoqda Gazeta.

Bu yilgi haftalikning «Energiyani tejaş» mavzusi barqaror şahar harakatini rağbatlantirişda energiya samaradorligining roli muhimligiga qaratilgan. Yevropa Ittifoqining uşbu taşabbusi 39 mamlakatning 2000 dan ortiq şaharlarini qamrab olgan.

«Energiyani tejaş va iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, energiya xavfsizligini ta’minlaş va jamoa farovonligini oşiriş uçun muhim ahamiyatga ega. Özbekiston transport infratuzilmasida energiya samaradorligi muhim rol öynaşini tan oliş barqaror şahar harakatlanişiga yöl oçadi. Biz birgalikda yaşil va adolatli kelajak sari intilyapmiz», — deydi Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari Şarlotta Adrian.

Mazkur kunda aholiga ekologik toza transport vositalarida harakatlaniş, jumladan piyoda yuriş, velosiped va metrodan foydalaniş tavsiya etiladi.