Şuningdek, idora tinç aholi nişonga olinganini rad etdi. 19 sentabr kuni Ozarboyjon armiyasi Qoraboğ hududida «aksilterror operatsiyasini» boşlagan edi.
«Hodisalar davomida Armaniston Qurolli kuçlarining 60 dan ortiq jangovar pozitsiyalari qurolli kuçlarimiz tomonidan nazoratga olindi», dedi Ozarboyjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Anor Eyvazov.
Uning sözlariga köra, Ozarboyjon harbiylari hozir 20 dan ortiq jangovar texnika, 40 dan ortiq artilleriya moslamasi va 30 ta minomyot, 2 ta zenit-raketa majmuasi va kamida 6 ta «Martira» radioelektron jangovar stansiyasini yöq qilgan.
Toğli Qoraboğdagi inson huquqlari böyiça komissar Gegam Stepanyan bergan ma’lumotga köra, Ozarboyjon qurolli kuçlarining öqqa tutişi oqibatida 25 kişi halok bölgan, yana 138 kişi jarohatlangan.
Avvalroq, Ozarboyjon harbiy boşqarmasi mintaqada tinçlik örnatişning yagona yöli arman harbiylarini Qoraboğdan töliq olib çiqib ketiş va «Stepanakertdagi rejim»ni tarqatib yuboriş ekanligini ma’lum qilgan edi.
Armaniston Taşqi işlar vazirligi Toğli Qoraboğ hududida öz qöşinlari yöqligini ta’kidlamoqda. Şu bilan birga, Armaniston mojaroga aralaşmoqçi emasligini ma’lum qildi. Yerevan Ozarboyjonga qarşi harbiy amaliyotlar boşlaş niyatida emas, dedi boş vazir Nikol Paşinyan. Uning sözlari Yerevanda norozilik namoyişlari boşlanişiga sabab böldi.













