AQŞning Bayrutdagi elçixonasi binosi hozirça şaxsi aniqlanmagan bir guruh kişilar tomonidan öqqa tutildi.
Livan matbuotining xabar berişiça, poytaxt şimolida joylaşgan Bayrutdagi AQŞ elçixonasi binosiga qurolli hujum uyuştirilgan.
Otişma natijasida bir neçta öq binoning asosiy darvozasiga va uning oldidagi avtoturargohda turgan maşinalarga tekkan.
Hujumda qanday qurol işlatilgani, qurbonlar yoki yaradorlar bor-yöqligi haqida ma’lumot berilmagan.
Elçixona hozirça hujum yuzasidan bayonot bilan çiqmadi.
E’tiborlisi, bu voqea 1984 yil 20 sentabrda AQŞ elçixonasiga bomba örnatilgan avtomobil hujumining 39 yilligiga töğri kelgan.
Öşanda terrorçilar Bayrut xalqaro aeroporti yonidagi Xaldada dengiz piyoda askarlarining ştabiga hujum qilgandi.
Portlovçi moddalar ortilgan yuk maşinasi tösiqni buzib, harbiylar kazarmasi tomon yöl olgan. Natijada 241 piyoda askar halok bölgan.












