Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga Agzam Nortoyev direktor etib tayinlangani xabar qilingandi. Tayinlov ortidan işning yangi tafsilotlari paydo böldi.  

Ma’lum bölişiça, tayinlov taşkilotning amaldagi direktori Mirzohid Qodirov lavozimdan ozod etilmagan holatda, u xizmat safariga ketganida amalga oşirilgan. Va ayni damda mantiqan bir taşkilotga ikki şaxs direktorlik qilmoqda.

Amrillo Inoyatov 2023 yilning 6 sentabr kuni Alişer Şodmonov boşçiligidagi vazirlik delegatsiyasini 17-21 sentabr kunlari Fransiya davlatiga xizmat safariga yuboriş haqida buyruq çiqargan. Mazkur buyruq bilan xizmat safariga boruvçi 15 kişidan iborat delegatsiya tarkibi tasdiqlangan.

Tarkibda vazirlik huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktori Mirzohid Qodirov ham bor. Ayni paytda delegatsiya a’zolari Fransiyada bölib turibdi.

Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça,Mirzohid Qodirov safarda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktori sifatida çet el taşkilotlari bilan hamkorlik hujjatlarini imzolamoqda.

Mirzohid Qodirov safarda yurgan bir paytda Amrillo Inoyatovning buyruği bilan “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga Agzam Nortoyev direktor etib