Polşa endi Ukrainani heç qanday qurol-yaroğ bilan ta’minlamayapti. Bu haqda Polşa hukumati rahbari Mateuş Moravetskiy Polsat telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Polşa Kiyevga harbiy yordam berişda davom etadimi, degan savolga javob berar ekan, u: «Polşa endi Ukrainaga heç qanday qurol bermayapti», dedi. 

«Bizning özimiz eng zamonaviy qurollar bilan qurollanyapmiz», dedi Moravetskiy. 

Uning sözlariga köra, Polşa «tinçlikni xohlasang, uruşga tayyorlan» tamoyili asosida işlayapti. 

«Biz uşbu qoidaga amal qilamiz va şuning uçun [qurollarga] katta buyurtmalar berdik», deya qöşimça qildi Moravetskiy. 

Avvalroq Polşa Ukraina Qurolli kuçlariga taxminan 3 milliard dollarlik MiG-29 samolyotlari, T-72 tanklari va 14 ta Leopard 2 tanklari, artilleriya snaryadlari va boşqa öq-dorilar, köçma zenit-raketa tizimlari, uçuvçisiz uçiş apparatlarini topşirgani haqida xabar berilgan edi.