20 sentabr kuni Namangan viloyati Çust tumanida röy bergan YTH oqibatida 5 kişi halok böldi.
Viloyat IIB matbuot kotibi Gazeta.uz’ga bergan ma’lumotga köra, Namangan-Toşkent yönalişi böyiça harakatlangan DAF rusumli yuk maşinasi haydovçisi rulda uxlab qolib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va Damas va Labo avtomaşinalari bilan töqnaşgan.
Damas haydovçisi va 4 nafar yölovçisi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bölgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Odamlar ölimiga sabab bölgan holda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.












