Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York şahrida Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uçraşuv ötkazdi.
Davlatimiz rahbari Janni Infantinoni 2023 yilgi futbol böyiça ayollar örtasidagi jahon çempionati muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabrikladi.
Özbekiston va FIFA örtasidagi samarali şeriklik alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Futbolni rivojlantiriş va yoşlarni keng jalb qiliş böyiça qöşma dastur va loyihalar amalga oşirilmoqda.
Mamlakatimizda FIFAning yirik xalqaro tadbirlarini, şu jumladan ayollar va ösmirlar örtasidagi birinçiliklarni taşkil etiş va ötkaziş masalalari muhokama qilindi.

Federatsiya rahbari Özbekistonni 2024 yilda ilk bor FIFA şafeligidagi futzal böyiça jahon çempionatiga mezbonlik qilişi bilan tabrikladi va uning yuqori saviyada ötkazilişiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Şuningdek, Janni Infantino yurtimizda ommaviy va professional futbolni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, zamonaviy infratuzilma va ta’lim bazasini yaratiş borasida olib borilayotgan keng kölamli işlarni yuqori baholadi.












