Mavsumiy allergiya nafaqat bahor va yoz mavsumi, balki kuz faslida ham kuzatiladi. Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova ularni sanab ötdi.

«Agar sentabr, oktyabr, noyabr oylari ham nisbatan issiq kelib, yoğingarçik bölmasa, ösimlik çangçalari öz allergik xususiyatini saqlab qoladi. Salqin kunlar boşlagaç, zamburuğ sporalarining yomğirdan keyin havoga yuqori konsentratsiyada kötarilişi natijasida zamburuğga nisbatan allergik holatlarning oğir formalari uçraydi. Bundan taşqari, uy çangi va it, muşuk singari hayvonlar juni ham simptomlarni keltirib çiqaruvçi muhim allergenlar hisoblanadi. Kuz oylarida zamburuğ sporalari eng köp uçraydigan manba — daraxt va butalardan tökilgan yaproqlardir. Bundan taşqari, allergenlar zax yoki moğorlagan xonalar hamda yertölalarda ham kuzatiladi», dedi mutaxassis.

Qayd qilinişiça, buning oldini oliş uçun xonadon hovlisi yoki boğ va ayvonlarni, qolaversa, tarnov va mörilarni tökilgan barglardan tozalaş zarur. Qolaversa, hammom va oşxonani moğorlardan xoli tutiş tavsiya etiladi. Şuningdek, xona içidagi namlik darajasini kamaytirib, uni 25-50 foizgaça saqlaş muhim.

Şifokor sözlariga köra, salqin ob-havo muhiti uy çanglarining köpayişi uçun ham qulay. Bunday şaroitda allergenlar konsentratsiyasi ortib, allergik rinit, kon’yunktivit yoki astma belgilari kuçayadi. Bu, ayniqsa, yaxşi isimaydigan va zax xonalarda köproq kuzatiladi.

«Allergiyani qözğatuvçi yana bir manba — uy içidagi çang töplovçi jihoz va anjomlar — gilam va töşamalar, yostiqlar, devor qoplamalari, yumşoq mebellar va öyinçoqlar hamda kitoblardir. Mavsumiy allergiyaga moyil odamlarning taxminan yarmi uy hayvonlari junidan aziyat çekadi. Bunday vaziyatda allergik reaksiyalardan butunlay xoli böliş imkonsiz. Biroq xonalarni tez-tez tozalaş va şamollatib turiş orqali simptomlarni kamaytiriş mumkin», dedi şifokor.

Allergiya belgilari kuzatilgan bemorlar öz vaqtida mutaxassisga murojaat qilişi tavsiya etiladi.