Nagoya şahrida Özbekiston faxriy konsulligi oçildi. Faxriy konsullikning oçiliş marosimida Özbekistonning Nagoya şahridagi faxriy konsuli etib tayinlangan IM Corporation kompaniyasi maslahatçisi, "Nagoya-Özbekiston" döstlik assotsiatsiyasi maslahatçisi Xiroyuki Itoga tegişli konsullik patenti tantanali topşirildi.
Özbekistonning Tokiodagi diplomatiya vakolatxonasi ma’lumotiga köra, tadbirda sözga çiqqan Yaponiya tomoni vakillari yangi taşkil etilgan Özbekistonning Nagoya şahridagi faxriy konsulligi prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil dekabr oyida Nagoya şahriga taşrifining amaliy natijalaridan biri bölganini qayd etdi.
Yaponiya parlamenti quyi palatasi Qonunçilik va sud masalalari qömitasining raisi Tadaxiko Ito Aiçi prefekturasida istiqomat qilayotgan 500 nafardan ortiq vatandoş va yapon turistlarini Özbekistonga keng jalb qiliş maqsadida Faxriy konsullik bilan birgalikda "Nagoya-Toşkent" havo qatnovlarini tiklaş va charter qatnovlarini işlab çiqişga ehtiyoj katta ekanini aytdi.
Ma’lumot uçun, hozirgi kunda Özbekistonning turli xorijiy mamlakatlarda 40 ga yaqin faxriy konsulliklari faoliyat körsatmoqda.












