Afğonistonni nazorat qiluvçi «Tolibon» harakati delegatsiyasi 25 sentabr kuni Moskvaga uçib ketdi. 

«Bugun Afğoniston taşqi işlar vaziri Mavlaviy Amirxon Muttaqiy boşçiligidagi delegatsiya Rossiya rasmiy taklifiga binoan Moskva formatidagi uçraşuvda iştirok etiş uçun Moskvaga jönab ketdi», deb yozdi «Tolibon» taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi örinbosari Hafiz Ziyo Ahmad. 

Uning sözlariga köra, afğon delegatsiyasi Moskvada ikki kun qolib, söng Qozon şahriga jönab ketadi. U yerda 29 sentabr kuni Moskva formatidagi uçraşuv bölib ötadi. 

Eslatib ötamiz, Moskva formatiga Rossiya, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston kiradi. 

12 sentabr kuni Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Andrey Rudenko Moskva formatidagi uçraşuvda «hozirgi Afğoniston hukumati vakillari ham iştirok etişiga» umid bildirdi. Rossiya tomoni bölajak uçraşuvdan qanday umidlar bor degan savolga javob berar ekan, Rudenko şunday dedi: «Biz bu uçraşuvni u yerda sodir bölayotgan voqealar, istiqbollar va xalqaro hamjamiyat nima bölayotgani haqida doimiy fikr almaşişimizning zarur bosqiçi deb bilamiz. Xususan, bu format u yerdagi umumiy vaziyatni barqarorlaştirişga yordam berişi mumkin». 

«Tolibon» harakati dunyoning heç bir davlati tomonidan rasman tan olinmagan va uning yetakçilari BMT sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. «Tolibon» terrorçilik taşkiloti sifatida Rossiyada taqiqlangan. Şunga qaramay, bir qator davlatlar, jumladan, Rossiya ham harakat vakillari bilan rasmiy aloqalarga ega. 2021 yilda «Tolibon» Moskva formatidagi uçraşuvda iştirok etdi. 2022 yilda harakat vakillari bu uçraşuvga taklif qilinmadi.