Qoraboğda 25 sentabr, duşanba kuni keçqurun Xonkendi-Askeran avtomobil yölidagi benzin omborining portlaşi natijasida 200 dan ortiq odam jabrlandi. Bu haqda mintaqaviy ombudsman Gegam Stepanyan X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. Halok bölganlarning aniq soni noma’lum.

Armanistonning 24news internet naşri Armaniston soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib yozişiça, qutqaruvçilar jabrlanganlarni havo va quruqlik orqali kasalxonalarga yetkazişni taşkil qilmoqda, yaradorlarni Armanistonga jönatiş böyiça operatsiyaga vertolyotlar jalb qilinmoqda. 

«Benzin omborining portlaşi natijasida jabrlanganlar soni 200 nafardan oşdi. Ularning aksariyatining ahvoli oğir yoki öta oğir deb baholanmoqda. Qoraboğ tibbiy imkoniyatlari ularni qutqarib qoliş uçun yetarli emas. Tez tibbiy yordam aviatsiyasidan foydalaniş kerak», - deydi Gegam Stepanyan.