Qoraboğning Xonkendi-Askeran trassasida yonilği saqlaş omborining portlaşi natijasida kamida 20 kişi halok böldi. Bundan taşqari, portlaşdan keyin jami 290 nafar jabrlanganlar tibbiyot muassasalariga, ularning asosiy qismi Respublika tibbiyot markaziga yetkazilgan. Bu haqda 26 sentabr, seşanba kuni ertalab mahalliy hokimiyat organlari xabar berdi. 

Ularning ma’lumotlariga köra, yetti nafar jabrlanuvçi şifoxonada vafot etgan, yana 13 kişining şaxsi aniqlanmagan va ular sud-tibbiy ekspertiza byurosida. Ayni paytda, köplab fuqarolar bedarak yöqolganlar röyxatiga kiritilgan, deyiladi Qoraboğ soğliqni saqlaş muassasasi bayonotida. 

Portlaş keçasi sodir bölgan. Deputat Metakse Akopyanning sözlariga köra, omborxona hududdan çiqib ketayotgan odamlarni benzin bilan ta’minlagan. Fojia sabablari haqida hozirça ma’lumot olinmagan.

Armanistonning 24news internet naşri Armaniston Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib xabar berişiça, qutqaruvçilar jabrlanganlarni havo va quruqlik orqali kasalxonalarga yetkazişni taşkil etgan, yaradorlarni Armanistonga jönatiş operatsiyasiga vertolyotlar jalb qilingan.