19-20 sentabr kunlari Qoraboğda ötkazilgan «mahalliy xarakterdagi aksilterror tadbirlari» davomida Ozarboyjon qurolli kuçlarining 192 nafar harbiy xizmatçisi halok böldi.
Ozarboyjon Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berişiça, qurbonlardan 180 nafari mudofaa vazirligi, 12 nafari esa içki işlar vazirligi harbiy xizmatçilaridir. Şuningdek, tinç aholi vakillaridan bir kişi halok bölgani aytilgan.
11 kişining şaxsi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan sud-genetik ekspertizadan söng aniqlanadi.
Harbiy harakatlar vaqtida yana 511 nafar harbiy va bir oddiy fuqaro jarohatlangan.
- 19 sentabr kuni Ozarboyjon Qoraboğda «konstitutsion rejimni tiklaş» maqsadida «mahalliy xarakterdagi aksilterror tadbirlar» boşlanganini e’lon qilgan va tan olinmagan respublika hududini öqqa tuta boşlagandi. 20 sentabr kun öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişildi — uning şartlaridan biri Qoraboğ armiyasini qurolsizlantiriş va arman harbiylarini tan olinmagan respublika hududidan olib ketiş edi.
- RF mudofaa vazirligi 20 sentabr kuni Qoraboğda rossiyalik tinçlikparvar kuçlar halok bölgani haqida xabar berdi. Qurbonlar orasida tinçlikparvar kuçlar kontingenti qömondoni örinbosari Ivan Kovgan ham bor edi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot çoğida bu holat uçun uzr söragan.













