Özbekiston 1 oktyabrdan Rossiya gazini import qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligiga tayanib, TASS xabar berdi.
«Yuqori bosimli gazni qabul qiliş uçun barça zarur infratuzilma va gaz quvurlari tayyorlab qöyildi», deb Özbekiston Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toşxöjayevning sözlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Avvalroq, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Özbekiston hukumati «Gazprom» bilan respublikaga tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça ikki yillik şartnoma imzolagan edi, uning yillik yetkazib beriş hajmi qariyb 2,8 milliard kub metrni taşkil qiladi.
Joriy yilning 16 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Özbekistonga yetkazib beriş böyiça kelişuv va respublika gaz transport tizimini Rossiya gazini qabul qilişga tayyorlaş böyiça «yöl xaritasi» imzolangan edi.
Özbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilişiça, şartnoma doirasida joriy yilning 1 oktyabridan kuniga 9 million kub metr tabiiy gaz importini boşlaş rejalaştirilgan.












