Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat xizmatçilarining ayrim toifalari iş haqini 5,5 foizga indeksatsiya qiliş töğrisidagi farmonni imzoladi.  

«2023 yil 1 oktyabrdan boşlab Rossiyada davlat lavozimlarini egallagan şaxslarning pul mukofotlari 1,055 baravar oşirilsin», deyiladi hujjatda. 

Maoşi indeksatsiya qilinişi lozim bölgan lavozimlar röyxatiga prezident va boş vazir, Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari, vazirliklar, idoralar rahbarlari va boşqa federal amaldorlar kirgan. 

Putin, şuningdek, Boş prokuror va Tergov qömitasi raisining maoşini ham 5,5 foizga oşiriş haqidagi farmonni ham imzoladi. Boş prokuraturani 2022 yil yanvaridan Igor Krasnov boşqarib kelmoqda. Tergov qömitasiga 2011 yildan beri Aleksandr Bastrikin rahbarlik qiladi. 

2021 yilda prezidentning daromadi 10,2 million rublni taşkil etdi, bu 2020 yil oxiriga nisbatan 2,1 foizga (208 ming rubl) köpdir. Bu haqda Kreml saytida uning daromadlari va mol-mulki töğrisida deklaratsiya e’lon qilingan. 

Rossiya rahbarining 2022 yilgi daromadlari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinmadi. 2022 yil dekabrida Putin Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti davrida amaldorlarning daromadlari, xarajatlari va mulklari haqidagi ma’lumotlarini internet va ommaviy axborot vositalarida majburiy e’lon qilişni bekor etiş haqidagi farmonni imzoladi.