Dilşod Axatov Özbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlandi.
U 51 yoşda bölib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Taşqi işlar vazirligi tizimida stajyor sifatida boşlagan, boşqarma va Boş boşqarma boşliği, taşqi işlar vaziri örinbosarigaça bölgan bosqiçlarni bosib ötgan. 2010-2013 yillarda Germaniyada elçi hamda Şveytsariya, Çexiya, Şvetsiya va Ispaniyada örindoşlik asosida elçi bölgan.
2020–2023 yillarda Özbekistonning Hindistondagi elçixonasiga rahbarlik qilgan.
Dilşod Ahatov 2017-2023 yillarda Berlindagi elçi lavozimida işlagan Nabijon Qosimov örnini egalladi.











