Özini mustaqil deb e’lon qilgan «Toğli Qoraboğ Respublikasi» (Arsax) 2024 yil 1 yanvardan öz faoliyatini töxtatadi. Bu haqdagi farmonni 28 sentabr, payşanba kuni uning «prezidenti» Samvel Şahramanyan imzolagan. «2024 yil 1 yanvarga qadar idoraviy böysunuvdagi barça davlat muassasalari va taşkilotlari tugatilib, Toğli Qoraboğ Respublikasi (Arsax) öz faoliyatini töxtatadi», — deyiladi hujjatda.
«Toğli Qoraboğ Respublikasi» tarixi
«Toğli Qoraboğ Respublikasi» 1991 yil 2 sentabrda Toğli Qoraboğ avtonom viloyati va Ozarboyjon SSRga tutaş hududlarning bir qismi çegaralarida e’lon qilingan. Uni BMTga a’zo birorta davlat tan olmagan. Ozarboyjon Toğli Qoraboğ uning ajralmas qismi ekanini ta’kidlagan, Armaniston esa öz navbatida «TQR»ni qöllab-quvvatlagan. Toğli Qoraboğ atrofidagi mojaro 1991 yildan beri töxtamayapti, bir neça bor qurolli töqnaşuvlar va keng kölamli harbiy harakatlarga aylanib ketgan (1992-1994 va 2020 yilda).
19 sentabr kuni Ozarboyjon konstitutsiyaviy tuzumni tiklaş maqsadida Toğli Qoraboğda «mahalliy aksilterror tadbirlari» ötkazilişini e’lon qildi. Ertasi kuni öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişildi - uning şartlaridan biri Toğli Qoraboğ armiyasini qurolsizlantiriş va arman harbiylarini tan olinmagan respublikadan olib çiqib ketiş.
Qoraboğ armanlari va Ozarboyjon hukumati vakillari «reintegratsiya, Toğli Qoraboğ armanlarining huquqlari va xavfsizligini ta’minlaş masalalarini muhokama qiliş» uçun bir qator uçraşuvlar ötkazdi, biroq kelişuvga erişa olmadi. 65 mingdan ortiq arman Toğli Qoraboğni tark etdi.













