Vardanyan «Loçin» çegara posti orqali Armanistonga ötmoqçi bölganida Ozarboyjon harbiylari tomonidan qölga olingan edi. U çegaraçilar hamrohligida Bokuga olib ketilib, huquq-tartibot idoralariga topşirilgan. Sud uni tört oyga hibsga oldi. 

Ozarboyjon maxsus xizmatining xabar berişiça, Armaniston fuqarosi Ruben Vardanyan Ozarboyjon Jinoyat kodeksining uçta moddasi – terrorizmni moliyalaştiriş, qonunda közda tutilmagan qurolli tuzilmalar yoki guruhlar tuziş va faoliyatida iştirok etiş hamda davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş böyiça ayblangan. 

Razvedka xizmati iddao qilişiça, 2022 yil sentabrida Vardanyan «terrorçilik harakatlari va qöporuvçilik qiliş maqsadida» Ozarboyjon davlat çegarasini «noqonuniy ravişda kesib ötgan» va Rossiya tinçlikparvar kuçlari joylaşgan hududga kirgan. 

Armaniston hukumati Vardanyanning himoyasini ta’minlaş uçun Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga murojaat qildi. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Vardanyan Rossiya fuqarosi ekani va uning hibsga olingani haqida heç qanday ma’lumotga ega emasligini aytgan edi. Biroq, Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz keçiş haqida ariza bergan va Putin 2022 yil dekabrdagi farmoni bilan uni qanoatlantirgan. Şundan söng, u Qoraboğga köçib ötgan. 

2023 yil yanvarida Vardanyan tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasi prezidenti Arayik Arutyunyan taklifiga köra boş vazir bölgan, biroq fevral oyida lavozimidan ozod etilgan. 

19 sentabr kuni Ozarboyjon Toğli Qoraboğda «konstitutsiyaviy tuzumni tiklaş» maqsadida «mahalliy aksilterror tadbirlari» boşlanganini e’lon qildi. Rossiya tinçlikparvar kuçlarining mavjudligi Bokuga xalaqit bermadi. 

Toğli Qoraboğ hukumatiga töliq qurolsizlaniş va arman harbiy texnikasini mintaqadan olib çiqib ketiş uçun şart-şaroit berildi. Şu bilan birga, Ozarboyjon hukumati Qoraboğning tinç aholisiga heç narsa tahdid solmasligini ta’kidladi. 

Şunday bölsa-da, Yerevan bergan ma’lumotlarga köra, Toğli Qoraboğda yaşovçi 120 ming armanning 50 mingdan ortiği allaqaçon Armanistonga yetib kelgan.