Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Toşkent şahridagi uy-joy ijara narxlarining daromadlilik darajasini tahlil qildi.
Uy-joyga kiritiladigan investitsiyadan olinadigan daromad ikki qismga bölinadi, ya’ni uy-joy narxining oşişi (tuşişi) keltiradigan foyda (zarar) va uy-joyni ijaraga berişdan olinadigan daromad.
Hisob-kitob natijalariga köra, 2023 yilning avgust oyida uy-joy örtaça narxining yillik eng yuqori ösişi Yunusobod (37,1 foiz) va Mirzo Uluğbek (35,7 foiz) tumanlarida qayd etilgan bölsa, nisbatan pastroq ösiş Sergeli (27,8 foiz) va Olmazor (24,4 foiz) tumanlarida kuzatilgan. Bundan taşqari, köçmas mulk egalarining uylarini ijaraga berişidan (uy qiymatiga nisbatan) olinadigan daromad böyiça, Mirzo Uluğbek (12 foiz) va Çilonzor (10,6 foiz) tumanlarida eng yuqori daromad olinayotgan bölsa, nisbatan pastroq daromad Sergeli (8,5 foiz) va Uçtepa (8,2 foiz) tumanlarida olinyapti.
MHTI mutaxassislarining ta’kidlaşiça, agar 2023 yilning sentabr oyida Global Property Guide naşri tomonidan 58 ta davlat uçun e’lon qilingan uy-joyni ijaraga berişdan olinadigan örtaça daromad reytingiga Toşkent şahri (10 foiz) qöşilganida, Gruziyadan (12,4 foiz) keyin 2-örinni egallagan bölardi. Mazkur reytingda Gruziyadan keyingi örinlarni Janubiy Afrika Respublikasi (9,9 foiz), Irlandiya (8,1 foiz), Puerto-Riko (8,1 foiz), Latviya (7,8 foiz), Kolumbiya (7,7 foiz), Marokaş (7,6 foiz), Indoneziya (7,6 foiz) va Litva (6,7 foiz) davlatlari egallagan.
Tumanlar va uylar böyiça köp qavatli uylardagi xonadonlar narxining özgarişidan olinadigan foyda va ijara daromadlarining birgalikdagi ta’siri baholanganda 2 va 3 xonali turar joylar investitsiyalarning daromadliligi nuqtai nazaridan istiqbolli bölib çiqqan. Bunday uy-joylar ijarasidan kelayotgan daromadning özi örtaça 10 foizni taşkil etmoqda.
Xuddi şu davr mobaynida muddati bir yildan ortiq bölgan xorijiy valutadagi bank depozitlarining örtaça tortilgan foiz stavkasi 2022 yilning avgust oyidagi 4,3 foizdan 2023 yilning avgust oyida 5,5 foizga oşgan.
Uy-joy narxlari oşib borayotgan şaroitda ijaradan kelayotgan daromadning jozibadorligi aholi jamğarmalarining köçmas mulkka yönaltirilişini yanada rağbatlantiradi. Bu esa uy-joyga bölgan talabni yanada oşirib, ular narxining yanada qimmatlaşişiga olib kelişi mumkin.













