28 sentabr kuni Armaniston Toğli Qoraboğning arman aholisiga nisbatan irqiy kamsitişning barça şakllariga barham beriş töğrisidagi xalqaro konvensiya buzilganligi haqidagi da’vo bilan boğliq holda Ozarboyjonga qarşi BMT Xalqaro sudiga da’vo arizasi kiritdi.

Yerevan BMT sudidan Bokuning «Toğli Qoraboğdagi armanlarni siqib çiqarişga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan voz keçiş» majburiyatini tasdiqlaşni talab qilmoqda.

Da’vo mualliflari Ozarboyjon Diskriminatsiyaga qarşi xalqaro konvensiya böyiça «öz majburiyatlarini buzişga olib kelişi mumkin bölgan har qanday çoralardan özini tiyişi» kerakligini ta’kidlaydilar. Xususan, gap Toğli Qoraboğdan aholining erkin çiqib ketişini, BMT va Xalqaro Qizil Xoç qömitasi xodimlarining mintaqadagi arman aholisi oldiga kirişini ta’minlaş, kommunal tizimni tiklaş va fuqarolik holatini tan oliş haqida bormoqda.

Yerevan Boku tomonidan «Toğli Qoraboğning amaldagi yoki sobiq siyosiy vakillari yoki harbiy xizmatçilariga nisbatan jazo çoralarini qöllaşdan özini tiyişini», kutmoqda. Bundan taşqari, Armaniston tomoni da’vo matniga 19 sentabrdan keyin Ozarboyjon harbiylari va huquq-tartibot organlari xodimlarini ular tomonidan bosib olingan hududdagi fuqarolik obektlaridan olib çiqib ketiş talabini kiritgan. Armaniston, şuningdek, mintaqadagi arman madaniy merosi obidalarini, jumladan, 1915 yilda Usmonli imperiyasida arman genotsidi qurbonlari xotirasiga örnatilgan yodgorliklarni buziş yoki özgartirişni taqiqlaşni talab qilmoqda.

Da’voda Boku hujjat BMT sudiga topşirilgan kundan boşlab, bir oy içida uni bajariş çoralari töğrisida hisobot berişi, söngra iş böyiça qaror qabul qilingunga qadar, har uç oyda sudni xabardor qilişi şartligi körsatilgan.