Rossiyaning Qozon şahrida Afğoniston böyiça «Moskva formati» davlatlari yiğilişi ötkazildi. Unda «Tolibon» rejimi afğonlarning turmuş darajasini oşiriş çoralarini körişga çaqirildi. Tegişli deklaratsiya matnini Rossiya TIV e’lon qildi.

«Biz Afğonistonda köknori yetiştirişning kamaygani haqidagi xabarlarni hozirgi afğon rasmiylarining muvaffaqiyatli qadamlari sifatida qayd etdik. <..> Biz Afğonistonning amaldagi rasmiylarini afğon xalqining turmuş darajasini yaxşilaş, migratsiya va qoçqinlarni kamaytiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga çaqirdik», deyiladi deklaratsiyada.

Ta’kidlanişiça, uçraşuvda iştirok etayotgan davlatlar «Afğonistonda barça etnosiyosiy guruhlar manfaatlarini aks ettiruvçi çinakam inklyuziv hukumatni şakllantirişda muvaffaqiyatlar yöqligi»dan afsusda ekanligini bildirgan.

Yiğilişda Hindiston, Eron, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Pokiston, Rossiya, Turkmaniston va Özbekistondan maxsus vakillar va yuqori martabali amaldorlar, şuningdek, «Tolibon» vakillari iştirok etgan.

Afğoniston mojarosini hal qiliş böyiça «Moskva formati»ning birinçi yiğilişi 2017 yilda bölib ötdi. «Moskva formati»ning asosiy maqsadi Afğonistonda milliy yaraşuv va tinçlik jarayoniga kömaklaşiş ekani ta’kidlangan. 2021 yilda «Tolibon» «Moskva formati»dagi uçraşuvda iştirok etdi. 2022 yilda harakat vakillari bu uçraşuvga taklif qilinmadi.

«Tolibon» harakati dunyoning heç bir davlati tomonidan rasman tan olinmagan va uning yetakçilari BMT sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. «Tolibon» terrorçilik taşkiloti sifatida Rossiyada taqiqlangan. Şunga qaramay, bir qator davlatlar, jumladan, Rossiya ham harakat vakillari bilan rasmiy aloqalarga ega.