Ozarboyjon xavfsizlik kuçlari Toğli Qoraboğ armiyasining sobiq qömondoni Levon Mnatsakanyanni Loçin yölagidagi nazorat-ötkaziş punktida qölga oldi. Bu haqda generalga yaqin manbaga tayanib, TASS xabar berdi.

Mnatsakanyan 2015—2018 yillarda Toğli Qoraboğ mudofaa vaziri bölgan va tan olinmagan respublika qurolli kuçlariga qömondonlik qilgan.

27 sentabr kuni Toğli Qoraboğ hukumatining sobiq rahbari Ruben Vardanyan Armanistonga ötayotganida Ozarboyjon harbiylari tomonidan qölga olingan edi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, u Ozarboyjon hukumati tomonidan hibsga olingan va «terrorizmni moliyalaştirişda» ayblangan.

Avvalroq, Toğli Qoraboğning saylangan prezidenti Samvel Şaxramanyan maslahatçisi David Babayan öz xohişi bilan «tegişli tergov uçun» Bokuga borişga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

28 sentabr kuni Toğli Qoraboğ rahbari Toğli Qoraboğ Respublikasini tugatiş töğrisidagi farmonni imzoladi. 29 sentabr holatiga hududni 100 mingga yaqin aholi tark etib, Armanistonga yöl olgani haqida xabar berildi.