Yaponiyaning Kyusyu orolidan O‘zbekistonga charter havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston hududlari va Yaponiyaning Fukuoka prefekturasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlik yanada kengayadi.
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi delegatsiyasi 26-27 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Fukuoka prefekturasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tashrif davomida, Fukuoka prefekturasi gubernatori Seytaro Xattori, Fukuoka tashqi savdo assotsiatsiyasi, Nishitetsu travel Co. Ltd, Aglis Co.Ltd, Fukuoka Global Support Co.Ltd singari yetakchi kompaniyalar rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.
Muloqot natijasida Fukuoka kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga biznes missiyasini uyushtirish va hamkorlikning salohiyatli yo‘nalishlarini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston diplomatlarining Nishitetsu Travel Co. Ltd kompaniyasi bosh ijrochi direktori Koji Nakamura bilan muzokaralarida mamlakatga Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirish, yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda Kyusyu hududidan O‘zbekistonga charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Fukuoka prefekturasining tibbiy va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Aglis kompaniyasi prezidenti Xiroyuki Nakamura bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
11:00 / 19.09.2024
Toshkent - Langkavi oroli - Toshkent yo‘nalishida charter qatnovlari tashkil etiladi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
22:27 / 08.08.2024
Yaponiyada 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi
12:13 / 27.05.2024