AQŞ harbiy havo-kuçlari ştab boşliği Çarlz Braun 30 sentabrdan boşlab general Millining örnini egalladi. Milli 2019 yil, hali Tramp prezident bölgan vaqtdan buyon Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasini boşqarib kelayotgandi. Uning nomzodini aynan Tramp tavsiya qilgan.
Milli mamlakatdagi eng yuqori lavozimli general bölgan davrida AQŞ Afğonistondan qöşinlarini olib çiqdi, maxsus kuçlar Suriyada harbiy amaliyotlar olib bordi, eng asosiyçi, AQŞ Rossiya bosqiniga qarşi turgan Ukrainaga yordam berdi.
«U qörqmas general edi»
General Millini kuzatiş marosimida sözga çiqqan AQŞ prezidenti Jo Bayden uni «xavf-xatardan qörqmaydigan mard inson» deb ta’rifladi: «General Milli faoliyati davomida harbiy harakatlarda qatnaşdi va bu uçun berilişi mumkin bölgan barça medallarni oldi. U bir marta yaralangan harbiylarni evakuatsiya qilayotgan tank bilmay ötib ketmasligi uçun minalaştirilgan köprikka yugurib borib, ularni töxtatgan. Mark, siz bilan işlaş men uçun bebaho tajriba böldi», dedi Bayden marosimda.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin esa Mark Milli bilan Iroqda birga xizmat qilgan vaqtida ularning maşinasiga Boğdodda qölbola portlovçi vosita bilan zarar yetkazişganini esladi. «Öşanda yarador askar oldiga borayotgandik», dedi Ostin. General Milli esa uni beş marta portlatib yubormoqçi bölişganini aytdi.
«Biz qirolga ont içmaymiz»
Xayrlaşuv marosimida general Mark Millining özi ham sözga çiqdi: «Biz qirol yoki qiroliçaga, zolim yoki diktatorga, diktator bölişga intilayotgan odamga sodiq bölişga ont içmaymiz. Biz alohida insonga emas, AQŞ konstitutsiyasiga sodiq bölişga ont içamiz. 44 yil davomida AQŞ konstitutsiyasiga sodiq böldim», dedi general Milli.

Trampning «tahdidomuz» işorasi
Mark Milli ştab boşliği bölib işlagan vaqtdagi eng muvaffaqiyatli operatsiyalardan biri IŞID yetakçisi Abubakr al Boğdodiyning amerikalik askarlar tomonidan 2019 yilda öldirilişi bölgandi. Bu operatsiya bilan öz vaqtida sobiq prezident Tramp köp marta maqtangan.
Sobiq prezident Donald Tramp general Millini ştab boşliği lavozimiga özi taklif qilgan bölsa-da, keyinçalik u bilan munosabatlari sovuqlaşib qoldi. 2020 yil Milli namoyişlar vaqtida Trampga qöşilgani uçun ommaviy tarzda keçirim sörab çiqqandi. Öşanda Tramp namoyişçilarni tarqatiş uçun tozalab, közlan yoş çiqaradigan gaz işlailtgan yöldan yurib borgandi.














