Armaniston boş vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan Toğli Qoraboğdan Armanistonga kelgan qoçqinlar soni 100 ming 417 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Loçin yölagidagi Xakari köprigidan 21 mingdan ortiq avtomobil ötgan. Armanistonda allaqaçon 81 139 kişi röyxatga olingan va hukumat 32 200 kişiga vaqtinçalik uy-joy ajratgan.

Öz navbatida, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Toğli Qoraboğga 2300 nafar sobiq qoçqinlar qaytganini, 2023 yil oxirigaça ularning soni 5500 kişiga yetişini ma’lum qildi.

Toğli Qoraboğning sobiq ombudsmani Artak Beglaryan sözlariga köra, Toğli Qoraboğda köpi bilan bir neça yuz arman qolgan, «ularning aksariyati amaldorlar, favqulodda xizmat xodimlari, köngillilar, alohida ehtiyojmand odamlar, ular ham ketişga hozirlik körmoqda».

2015 yil holatiga köra, tan olinmagan respublika aholisi 145 053 kişi bölib, ulardan 144 683 nafari armanlar edi. Bu Toğli Qoraboğda yaşovçi aholining 99,74 foizini taşkil qiladi.

19 sentabr kuni Ozarboyjon tan olinmagan respublika hududini öqqa tutib, «aksilterror operatsiyasi»ni boşladi. Bir kun ötib Ozarboyjon va Toğli Qoraboğ rasmiylari harbiy harakatlar töxtatilganini e’lon qildi.

28 sentabr kuni Toğli Qoraboğ Respublikasi tugatilişi haqida e’lon qilindi.