Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Al Mirqab Capital holding kompaniyasi ijroçi direktori Saif ur-Rahmon Xonni qabul qildi.

1983 yilda asos solingan Al Mirqab Capital holdingi AQŞ, Yevropa va Yaqin Şarqda For Seasons, The Ritz Carlton va boşqa brendlardagi 20 ta yirik mehmonxona egasidir. Kompaniya aktivlari qiymati 8 milliard dollardan ziyodni taşkil etadi.

Uçraşuvda mehmonxona infratuzilmasi va turizm xizmatlarini rivojlantiriş, logistika va energetika tarmoğini modernizatsiya qiliş borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, kompaniya tomonidan Toşkent viloyatida logistika markazi, Buxoro şahrida mehmonxona-kongress majmuasini quriş, mamlakatda elektr işlab çiqariş quvvatlarini kengaytirişga investitsiya kiritiş rejalari körib çiqildi.

Investitsiya loyihalari qöşma “yöl xaritasi” asosida amalga oşiriladi.