Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Piyer sözlariga köra, hozir AQŞ hukumatni moliyalaştiriş loyihasini qabul qilişdagi qiyinçiliklar fonida Ukrainaga faqat qisqa muddatli yordam körsatiş imkoniyatiga ega.
«Bizda Ukrainaning jang maydonidagi faqat şoşilinç ehtiyojlarini qondiriş uçun yetarli mablağ bor — qisqa vaqt şunday bölib turadi, bu uzoq muddatli variant emas», dedi Jan-Piyer.
Oq uy vakilining qöşimça qilişiça, Ukrainaga PDA (Presidential Drawdown Authority) mexanizmi orqali ajratilgan mablağlar miqdori haqida aniq ma’lumotni Pentagondan oliş mumkin. Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar yaqin orada Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etadi.
30 sentabr kuni Qöşma Ştatlarda hukumatni moliyalaştirişning vaqtinçalik loyihasi qabul qilindi, unda Ukrainaga moliyaviy yordam nazarda tutilmagan.
AQŞ Kongressi Vakillar palatasidagi demokratik ozçilik yetakçisi Hakim Jyeffris Ukrainaga pul ajratiş masalasi 2 oktyabr kuniyoq körib çiqilişi mumkinligini aytdi.
Avvalroq Bloomberg manbalari AQŞ prezidenti Jozef Bayden yaqin orada ittifoqçilarga qönğiroq qilib, Vaşington Ukrainaga harbiy yordam körsatişni davom ettirişga tayyorligini işontirişi haqida xabar bergan edi.











