Boku Toğli Qoraboğ va uning arman aholisini «reintegratsiya» rejasini taqdim etdi, deb xabar berdi Ozarboyjon prezidenti ma’muriyatiga tayanib Trend. 

«Etnik, diniy yoki tilga mansubligidan qat’i nazar, hammaning teng huquq va erkinliklari, şu jumladan, barçaning xavfsizligi kafolatlanadi», dedi Toğli Qoraboğdagi armanistonliklar bilan aloqalar uçun mas’ul etib tayinlangan Ramin Mamedov. 

Armaniston fuqarolari yaşaydigan hududni boşqariş Ozarboyjon Prezidentining maxsus vakolatxonalari orqali amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Saylovlar davomida munitsipalitetlar tuziladi. Fuqarolik va mulk masalalari Ozarboyjon qonunçiligi va Konstitutsiyasiga muvofiq tartibga solinadi. 

Xavfsizlik sohasida aholidan barça qurollar musodara qilinib, qurolsizlantiriş va demobilizatsiya jarayonini yakunlaş kutilmoqda. Hududda jamoat tartibini saqlaş va aholi xavfsizligini Ozarboyjon içki işlar organlari ta’minlaydi, mahalliy aholi esa ular tomonidan işga jalb qilinişi mumkin. 

Iqtisodiy sohada viloyat aholisiga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi. Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, jumladan, «imtiyozli kreditlar, foizli subsidiyalar, kredit kafolatlari» va boşqa moliyaviy vositalar va’da qilingan. Fermerlar yer soliğidan taşqari barça soliqlardan ozod qilinadi. Hududda Ozarboyjon milliy valutasi «manat» muomalaga kiritiladi. 

Toğli Qoraboğ aholisi Ozarboyjon böylab qöllaniladigan iş haqi, ijtimoiy nafaqalar va imtiyozlar tizimiga böysunadi. Boku ularga öz madaniyatini saqlaş va rivojlantiriş, diniy e’tiqod erkinligi, madaniy va diniy yodgorliklarni saqlaş, arman tilidan foydalaniş kafolatlarini va’da qiladi. 

Tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasi 1991 yil sentabr oyidan beri mavjud. 19 sentabr kuni Ozarboyjon mintaqada «aksilterror» deb atagan harbiy operatsiyani boşladi. 28 sentabr kuni Toğli Qoraboğ Respublikasi prezidenti Samvel Şaxramanyan 2024 yil 1 yanvardan uning faoliyatini tugatiş va barça davlat organlarini tarqatib yuboriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Armaniston rasmiylariga köra, Toğli Qoraboğdan mamlakatga 100 mingdan ortiq qoçqinlar kelgan.