Bu holat fonida, bank tizimi faoliyatining asosiy körsatkiçlariga doir oylik hisobotning e’lon qilinişi noodatiy ravişda keçikmoqda.
Qonunçilik talabi böyiça, Markaziy bank bunday hisobotni keyingi oyning 25-sanasiga qadar e’lon qilişi kerak. Biroq regulyator bugun, 3 oktyabr holatiga avgust oyi yakunlarini haligaça oçiqlamadi. Hisobotda tijorat banklarining kredit va depozitlari, muammoli kreditlar, daromadlilik, likvidlik, aktivlar, banklarning tijoriy balansi kabi muhim ma’lumotlar aks etişi kerak.
Hujjatning e’lon qilinişi, şuningdek, jamoatçilikka qaysi banklar ustav kapitalini belgilangan miqdorga yetkazmaganini biliş imkonini beradi.
MB matbuot xizmati Kun.uz'ning bu haqdagi savoliga javoban, banklar faoliyatining avgust oyidagi asosiy körsatkiçlariga doir ma’lumotlar e’lon qiliş uçun tayyorlanayotganini ma’lum qildi, biroq ustav kapitalini oşiriş talabini qaysi banklar bajarmagani haqidagi savolni javobsiz qoldirdi.
Iyun oyida regulyator ustav kapitaliga oid yangi talabni 8 ta bank bajarmagani va ularning litsenziyasi çaqirib olinişi mumkinligi töğrisida bayonot bergandi.
“Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi qonunga muvofiq, bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan talabga muvofiq emasligi qöpol qoidabuzarlik hisoblanadi va Markaziy bank bunday holda bankning litsenziyasini çaqirib olişga haqli.
















