2023 yil uçun kimyo böyiça Nobel mukofoti AQŞdan uç nafar olimga beriladi – Mungi Bavendi, Luic Bryus va asli kelib çiqişi rossiyalik Aleksey Yekimov. Mukofot ularga kvant nuqtalarini kaşf etgani va sintez qilgani uçun topşiriladi - «bu zarralar şunçalik kiçikki, ölçamlari ularning xususiyatlarini belgilaydi» Nobel qömitasi öz qarorini 4 oktyabr, çorşanba kuni e’lon qildi.

Laureatlar haqidagi ma’lumot sizib çiqişi

Bir kun avval, ğoliblar e’lon qilinişidan oldin, Şvetsiyaning yirik ommaviy axborot vositalari Fanlar akademiyasi tomonidan yuborilgan elektron poçta xabarlarini e’lon qildi. Biroq, bundan köp ötmay, Nobel qömitasi vakillari Reuters va SVT telekanaliga bu xato ekanini hamda kimyo böyiça bu yilgi mukofot böyiça qaror hali qabul qilinmaganini aytdi. 

1901 yildan beri kimyo böyiça Nobel mukofoti 115 marta berilgan, uni 190 kişi qabul qilib olgan.

2022 yilda amerikaliklar Karolin Bertotssi va Barri Şarpless, şuningdek, daniyalik Morten Meldal molekulalarni yaratiş vositalarini işlab çiqqani uçun kimyo böyiça Nobel mukofoti laureatlari böldi. Mukofot ularga «klik-kimyo va bioortogonal kimyo usullarini rivojlantiriş uçun» berildi. 

2021 yil uçun kimyo böyiça Nobel mukofoti ğoliblari germaniyalik Benyamin List va Britaniyada tuğilgan amerikalik olim Devid Makmillan böldi. Ular uşbu mukofotga assimetrik organokatalizni rivojlantirgani uçun sazovor böldi. 

2023 yil uçun tibbiyot va fizika böyiça Nobel mukofoti laureatlari 

Bir kun avval, 3 oktyabr, seşanba kuni fizika böyiça Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi. Ular Ohayo universitetidan (AQŞ) Per Agostini, Maks Plank instituti va Myunxendagi Lyudvig Maksimilyan universitetidan Ferens Kraus (Germaniya) hamda Lund universitetidan (Şvetsiya) Ann L'Ule böldi.

Nobel haftaligining birinçi kuni, 2 oktyabrda tibbiyot böyiça mukofot laureatlari e’lon qilindi. Mukofot Pensilvaniya universitetidan (AQŞ) Dryu Vaysman va Katalin Karikoga topşirildi, ularning işlari koronavirusga qarşi mRNK vaksinalarini yaratişga asos bölgan.