Ozarboyjon Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasining sobiq prezidentlari Arkadiy Gukasyan, Bako Saakyan va Araik Arutyunyanni qölga oldi. 

Ular bilan birga respublika parlamentining sobiq spikeri David Işxanyan ham hibsga olingan. Ularga nisbatan jinoyat işi oçilgan va barçasi Bokuga olib ketilgan. Tergov qaysi moddalar böyiça olib borilayotganiga aniqlik kiritilmagan. 

Arkadiy Gukasyan Toğli Qoraboğ Respublikasining ikkinçi prezidenti bölib, uni 1997 yildan 2007 yilgaça boşqargan. Uçinçi prezident Bako Saakyan 2007 yildan 2020 yilgaça tan olinmagan «Arsax»ni boşqargan. Araik Arutyunyan Toğli Qoraboğ Respublikasini 2020 yilning mayidan 2023 yilning 1 sentabriga qadar boşqargan. 

19 sentabr kuni Ozarboyjon Qoraboğda harbiy operatsiya boşladi, şundan söng tan olinmagan respublika 2024 yil 1 yanvardan öz faoliyatini yakunlaşini e’lon qildi. 100 mingdan ortiq armanlar hududni tark etib, Armanistonga ötdi. 

27 sentabr kuni tan olinmagan respublika hukumatining sobiq rahbari, tadbirkor Ruben Vardanyan Qoraboğdan çiqib ketmoqçi bölganida qölga olindi. Ertasi kuni u bir qança jinoyatlarda, jumladan, terrorizmni moliyalaştiriş, noqonuniy qurolli guruhlar tuziş va faoliyatida iştirok etişda ayblandi. 

29 sentabr kuni Ozarboyjon hukumati Toğli Qoraboğ armiyasining sobiq qömondoni Levon Mnatsakanyanni, şuningdek, tan olinmagan respublika sobiq taşqi işlar vaziri, prezident maslahatçisi David Babayanni ham hibsga olgan edi.