Litva Ukraina ğallasini Boltiqböyidagi dengiz portlari orqali eksport qilişni kelişib oldi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Gabrielius Landsbergis ma’lum qildi. 

«Rossiya oziq-ovqatni yöq qilmoqda, Litva uni yetkazib beradi. Boltiqböyi portlaridan don tranziti yölagi qabul qilindi va kelişib olindi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda. 

Litvalik diplomat sözlariga köra, Ukraina donini eksport qilişning yangi yönalişi Ukraina çegarasidagi yuklamani kamaytiradi va Afrika mamlakatlari va dunyoning boşqa mintaqalariga ğalla yetkazib beriş hajmini oşiriş imkonini beradi. 

Ukraina donini eksport qiliş bilan boğliq muammolar iyul oyida yuzaga keldi: Qora dengiz böylab taşişni nazarda tutuvçi Rossiya, Ukraina va Turkiya iştirokidagi «ğalla bitimi» muddati tugadi. Rossiya şartnomani uzaytirişdan boş tortdi va donni saqlaş, taşiş va eksport qiliş bilan boğliq Ukraina infratuzilmasini öqqa tutib, yöq qilişni boşladi. 

Hozir Ukraina Qora dengiz portlaridan donni eksport qiliş yölaklarini tiklaşga harakat qilmoqda, ammo hajm hali juda kam. Iyun oyida «ğalla bitimi» kuçda bölgan davrda Ukraina 2 mln tonna don eksport qildi. Iyulda bu körsatkiç 292 ming tonnani, sentabrda atigi 50 ming tonnani taşkil qildi.