Ozarboyjon harbiy amaliyoti boşlanişidan bir neça kun oldin Rossiya, AQŞ va Yevropa Ittifoqining yuqori martabali diplomatlari Turkiyada Toğli Qoraboğ böyiça maxfiy uçraşuv ötkazgan. Bu haqda Politico yozdi.

Qayd qilinişiça, uçraşuvda Toğli Qoraboğ blokadasini bekor qiliş, oziq-ovqat va yoqilği yetkazib berişni qayta tiklaş masalalari muhokama etilgan.

Rossiyadan muzokaralarda Taşqi işlar vazirligining Armaniston va Ozarboyjon örtasidagi munosabatlarni tartibga soliş böyiça maxsus vakili Igor Xovayev, AQŞ tomonidan Kavkaz böyiça katta maslahatçi Luis Bono iştirok etgan. Yevropa Ittifoqi tomonidan Janubiy Kavkaz va Gruziya inqirozi böyiça maxsus vakil Toyvo Klaar qatnaşgan.

Naşr ta’kidlaganidek, bu Ukrainadagi uruş boşlanganidan beri Rossiya, AQŞ va YeI diplomatlari örtasidagi kamyob uçraşuvdir. Naşr manbasining tuşuntirişiça, Kreml mintaqada hamon ta’sir kuçiga ega va Qöşma Ştatlar bu kabi masalalarda Rossiya bilan hamkorlik qilişiga töğri keladi.

Oq uy Toğli Qoraboğ böyiça uçraşuv haqida rasman izoh berişdan boş tortdi, biroq uni inkor ham etmadi.

19-20 sentabr kunlari Ozarboyjon qöşinlari Toğli Qoraboğ hududini «aksilterror çoralari» natijasida töliq nazoratga oldi. Tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasi 2024 yil 1 yanvardan öz faoliyatini töxtatadi – bu farmonni uning prezidenti Samvel Şahramanyan imzolagan. Qoraboğ qurolli kuçlari ham tarqatib yuborildi.

Toğli Qoraboğda yaşagan 125 mingga yaqin aholining köpçiligi hududni tark etib, Armanistonga ötdi. BMT ma’lumotlariga köra, mintaqada ulardan 50 dan 1000 ga yaqin arman qolgan.