Moskvada bölib ötgan Rossiya-Özbekiston muzokaralari yakunlari böyiça qabul qilingan qöşma bayonot ikki davlat örtasidagi siyosiy, savdo va sarmoyaviy, şuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka qöşimça turtki beradi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

«Rossiya va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklikni çuqurlaştiriş böyiça qabul qilingan qöşma bayonot siyosiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik, jumladan, biologik va axborot xavfsizligi sohalarida qöşma tadbirlarga qöşimça turtki berişga qaratilgan», dedi u Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida.

Şavkat Mirziyoyev kelişuvlar böyiça yöl xaritasi imzolanişi va uning ijrosi qattiq nazoratga olinişini ma’lum qildi.

«Bugun biz tor doirada ham, kengaytirilgan şaklda ham kelişib olgan bölsak, bularning barçasi böyiça qöşma yöl xaritasini qabul qilamiz, uni ham imzolaymiz, ham qattiq nazoratga olamiz, çunki biz juda jiddiy masalalarni muhokama qildik va yaxşi poydevor va yaxşi istiqbollar bor. Nazorat bölsa, haqiqiy natija böladi», dedi Özbekiston prezidenti.

Şuningdek, u Putinni özi uçun qulay bölgan istalgan vaqtda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif qilganini aytdi.

Prezidentlarning qöşma bayonoti Kreml saytida e’lon qilindi.

«Mudofaa sohasida özaro hamkorlikni, harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni amaldagi va kelajakdagi kelişuvlar asosida rivojlantiriş böyiça işlar davom ettiriladi», deyiladi hujjatda.

Şuningdek, Moskva va Toşkentning diqqat markazida terrorizm, ekstremizm, narkotiklarning noqonuniy aylanmasi, qurol-yaroğ, öq-dorilar va portlovçi moddalar, transçegaraviy uyuşgan jinoyatçilik, odam savdosi va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş böladi.

Bayonotda «xalqaro munosabatlarda suveren davlatlarda hokimiyatning konstitutsiyaga zid ravişda özgarişini qöllab-quvvatlaşga yöl qöyib bölmaydigan harakatlar, şuningdek, uçinçi kuçlarning siyosiy va iqtisodiy bosim ötkaziş maqsadida ikkitomonlama va mintaqa içidagi işlarga aralaşişga urinişlari qabul qilinişi mumkin emasligi» ta’kidlanadi va qoralanadi.

«Tomonlar davlatlar örtasidagi nizolarni opportunistik siyosiy manfaatlar yölida hal qilişning xalqaro mexanizmlarini suiiste’mol qiliş tendensiyasini qoralaydilar hamda xalqaro adliya va xalqaro nazorat organlari öz faoliyatini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalarini buzgan holda amalga oşirişiga qarşi çiqadilar», deyiladi bayonotda.