Rossiya Özbekistonda temiryöl texnikasini işlab çiqariş imkoniyatlarini örganmoqda, dedi prezident Vladimir Putin Moskvada prezident Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlari böyiça.
«Rossiya va Özbekiston örtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Temiryöl orqali yuk va yölovçi taşiş hajmi izçil ösib bormoqda – ayrim yönalişlarda sezilarli darajada. Hozirgi vaqtda temiryöl transporti va infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça kompleks hamkorlik dasturi işlab çiqilmoqda. Gap jumladan, Rossiya temiryöl uskunalarini yetkazib beriş va lokalizatsiya haqida ketmoqda – bu bizning özbek döstlarimiz uçun juda muhim – işlab çiqarişni Özbekiston hududida lokalizatsiya qiliş», dedi Putin.
Uning sözlariga köra, bu borada yönalişlaridan biri Özbekiston hududidan ötuvçi «Şimol-Janub» kabi xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş uçun katta istiqbollar oçilmoqda.
Putin, şuningdek, Özbekistonda Rossiyaning «Kama» AJ tomonidan işlab çiqilgan «Atom» yengil elektromobilini işlab çiqarişni taşkil etiş mumkinligini tan oldi.
«Özbekistonda Rossiya kömagida yiliga 500 ming tonna pölat prokat işlab çiqariş quvvatiga ega Toşkent metallurgiya zavodi, Rossiyaning «Lada» va «KAMAZ» avtomobillarini yiğiş korxonalari, Toşkent va Jizzax viloyatlarida sanoat texnoparklari barpo etildi. Rossiyaning «Atom» elektromobilini işlab çiqarişni yölga qöyiş masalasi ham örganilmoqda», dedi Putin.
U «Atom» böyiça boşqa tafsilotlarni oşkor qilmadi.

















