7 oktyabr kuni ham Özbekiston delegatsiyasi Osiyo öyinlarida 9 ta sport turi böyiça bahslarda öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişdi. Özbekiston jamoasi kunni ikki oltin, beşta bronza medal bilan yakunladi.

Erkin kuraş

Erkin kuraşçilar uçun turnir muvaffaqiyatsiz yakunlandi - jamoa yakunda atigi ikki bronza bilan kifoyalandi.

Bugungi bahslarda iştirok etgan tört nafar sportçidan birortasi finalga çiqa olmadi.

Ikki karra Osiyo çempioni, Rio Olimpiadasi va Jakartadagi Osiyo öyinlari sovrindori, 38 yoşli kuraşçi Magomed Ibragimov (-97 kg) ilk bosqiçdayoq eronlik Mujtaba Gulejga yutqazdi (7:13), bu raqibi finalga çiqqani evaziga bronza uçun ötiş bahslarida qatnaşiş imkoniga ega böldi, ammo ötiş bahslarining birinçisida möğulistonlik Gunkhuyan Ganbatarga mağlub böldi (4:14).

-125 kg vazn toifasi vakili Hasanboy Rahimov iştirokini yaxşi boşlagandi, u dastlabki bosqiçda Janubiy Koreya vakili Yehun Jung tösiğidan ötdi (9:0), çorakfinalda yaponiyalik Taiki Yamamotoni ham taslim etdi (5:0). Ammo yarimfinalda möğulistonlik Munkturga yutqazdi (0:2), bronza uçun keçgan bahsni ham qirğizistonlik Ayal Lazarevga boy berdi (6:7).

Öz vazn toifasi favoriti bölgan Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) iştirokini Bahrayn nomidan qatnaşgan Magomedrasul Asluyev ustidan ğalaba qozoniş bilan boşladi (2:0), keyin qozoğistonlik Darxan Yessengalidan ustun keldi (3:1), ammo yarimfinalda yaponiyalik Kirin Kinoşitaga yutqazib qöydi (0:6). Bronza uçun bahsda turkmanistonlik Perman Hommadovni mağlub etdi (4:0).

Şu tariqa, Tokio olimpiadasi sovrindori, Osiyo çempionati va Osiyo öyinlarining ikki karra ğolibi bu safar oltinga ega çiqa olmadi.

-86 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Javrail Şapiyev dastlabki bosqiçda pokistonlik Haydar Ali Buttga imkoniyat qoldirmadi (11:0), keyin qozoğistonlik Azamat Davletbekovdan ustun keldi (4:3). Ammo yarimfinalda Puniya Dipakka yutqazdi (3:4) va Bahrayn nomidan qatnaşgan Magomed Şaripovni yengib (3:0), bronza medali bilan kifoyalanişga majbur böldi.