Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Rossiyadan amalga oşiriladigan gaz importi böyiça ma’lumot berdi.

“Albatta, bu tarixiy sana. Çunki şu paytgaça biz hozir turgan joyimizdan Rossiya tarafga faqat gaz yetkazib berilgan. Qisqa vaqt içida birinçi marta gaz ölçaş qurilmasi qurilib, noldan işga tuşirildi. Mana, bugundan Rossiyadan gazni qabul qilişni boşladik. Uzoq muddatli hamkorlik doirasida Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib beriş Özbekiston iqtisodiyoti ösişi, aholi va energiya resurslariga bölgan talabni hisobga olgan holda kuz-qiş mavsumida gaz defitsitining bir qismini ta’minlab beradi. Prezidentimizning rasmiy taşriflari doirasida “Gazprom” bilan örta va uzoq muddatli şartnoma muhokamasini ham boşladik”, degan Jörabek Mirzamahmudov “Özbekiston” 24 telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq, Özbekiston Rossiyadan gaz importini boşlayotgani xabar qilingandi. Gaz uzatiş Örta Osiyo – Markaz magistral quvurlari tarmoği orqali teskari tartibda yölga qöyilmoqda. Bu tarmoq orqali keladigan Rossiya gazining bir qismi Qozoğistonning Şimoliy hududlariga, asosiy qismi esa Özbekistonga yönaltiriladi.

“UzGasTrade” va “Gazprom eksport” örtasidagi tijoriy şartnoma 2 yil muddatga tuzilgan bölib, uning doirasida kuniga 9 mln kubmetr, yiliga qariyb 2 milliard 800 million kubmetr tabiiy gaz xarid qilinişi kelişilgan.