O‘zbekistonda 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 716 885 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
2023 yilning 9 oyida tug‘ilganlarning 371 597 nafari o‘g‘il bola, 345 288 nafari qiz bola hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan.
















