Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekistonda avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilishi mumkin. Stansiyalar hududida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda avtomobillarni markaziy vokzallarga kiritish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bu prezidentning 10 oktyabrdagi «Temiryo‘l transporti sohasini isloh qilish to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi va «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga 2024 yil 10 martga qadar barcha turdagi yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalarining markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berish bo‘yicha taklif ishlab chiqish topshirildi.
2024 yilning 1 dekabriga qadar barcha vokzallardagi maydonlarni optimizatsiya qilish, bo‘shaydigan hududlarda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish maqsadida kimoshdi savdosi orqali tadbirkorlarga ijaraga berish rejalashtirilmoqda.
«Yo‘l xaritasi»ga ko‘ra, monopol va raqobatbardosh xizmatlar turlarini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy tamoyillari va mexanizmlarini ishlab chiqish belgilandi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» xususiy operatorlarga temiryo‘l infratuzilmasi va lokomotiv xizmatlaridan teng foydalanishni ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqishi kerak.
Mavzuga oid
14:58 / 27.12.2025
Sebzorda avtomobil yonib ketdi: jarohatlanganlar yo‘q
13:32 / 24.12.2025
O‘zbekistonda 11 oyda 10 turdagi yengil avtomobil ishlab chiqarildi
11:04 / 23.12.2025
Noyabr oyida avtobozor: sotuvlar tendensiyasi va asosiy ko‘rsatkichlar
11:08 / 19.12.2025