Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Bişkek şahriga jönab ketdi.

Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi köp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlaştiriş, transport, ta’lim, madaniyat va boşqa sohalarda qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almaşadilar.

Yiğiliş yakunida Hamdöstlik doirasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlariga doir qator bitim va qarorlarni qabul qiliş közda tutilgan.