Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Qoraboğ markazi – Boku Xonkendi deb ataydigan Stepanakertda davlat bayroğini kötardi. Bu haqda 15 oktyabr, yakşanba kuni Ozarboyjon rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident nutq ham sözladi, deya qöşimça qildi Ozarboyjon rahbari idorasi. Tadbirning boşqa tafsilotlari keltirilmagan. Qoraboğ hududi böylab safari çoğida Aliyev avvalroq Agder (armança nomi Martakert) şahri va Sarsang suv ombori hududida Ozarboyjon bayroğini kötargan edi.
Ozarboyjonning Qoraboğdagi harbiy operatsiyasi
Ozarboyjon 19-20 sentabr kunlari asosan etnik armanlar istiqomat qiladigan Qoraboğda, Boku ma’lum qilganidek, «konstitutsiyaviy tuzumni tiklaş» maqsadida harbiy amaliyot ötkazdi. Harbiy harakatlar natijasida Ozarboyjon uşbu bahsli hudud ustidan nazorat örnatdi. 28 sentabr kuni Qoraboğ «rahbari» 2024 yil 1 yanvardan boşlab tan olinmagan respublikaning mavjudligini tugatiş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Ikki hafta içida deyarli butun arman aholisi - 100 mingdan ortiq kişi Qoraboğni tark etdi. 5 oktyabr kuni Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Qoraboğni Ozarboyjon hududi sifatida tan oliş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi.
AQŞ Ozarboyjonning Armanistonga kirişidan xavotirda
Bir neça kun avval AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken kongressmenlarni yaqin haftalarda Ozarboyjon janubiy Armanistonga kirişi mumkinligi haqida ogohlantirgani ma’lum böldi. Politico suhbatdoşlariga köra, Davlat departamenti rahbari oktyabr oyi boşida demokrat kongressmenlarning kiçik guruhi bilan telefon suhbati çoğida şu mavzuni muhokama qilgan.
Davlat kotibi va qonun çiqaruvçilar Ozarboyjonning Qoraboğ hududini öz nazoratiga olişiga javoban Qöşma Ştatlar körişi mumkin bölgan çoralarni muhokama qilgan. Blinken, xususan, öşanda Vaşington Bokuga harbiy yordam berişni töxtatişini aytgan edi. Amerika idorasi Blinkenning telefon suhbatiga izoh berişdan boş tortdi.













