Putin: Ukrainaning qo‘shilmaslik maqomi Rossiya uchun juda muhim
1991 yilda Rossiyaga NATO sharq tomon kengaymasligi haqida va’da berilgan edi, ammo keyin ittifoq kengayishining beshta to‘lqini kuzatildi, dedi Rossiya prezidenti.

Foto: kremlin.ru
Ukrainaning qo‘shilmaslik maqomi Moskva uchun juda muhim, chunki ba’zi davlatlar xavfsizligi boshqalarning xavfsizligi hisobiga qurilmasligi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kreml saytida e’lon qilingan Xitoy media-korporatsiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Asosiy jihatlardan biri - hamma uchun teng xavfsizlikni ta’minlash, va Rossiya ham boshqa davlatlar singari bunga haqli. Agar NATOning Ukraina hisobiga kengayishi biz uchun xavf tug‘diradi, deb hisoblasak, buni eshitishni so‘raymiz», — dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga 1991 yilda NATOning sharqda kengayishi bo‘lmaydi, deb va’da qilingan, biroq keyin ittifoq kengayishining beshta to‘lqini kuzatilgan va bu haqda Rossiya tomoni o‘z xavotirlarini bildirgan. «Har safar ular bizga shunday deydi: ha, biz sizga NATOni sharqqa kengaytirmaslikka va’da bergan edik, lekin bu og‘zaki va’dalar edi, bizning imzomiz bor qog‘oz qani? Qog‘oz yo‘qmi? Bo‘ldi, xayr», — dedi Rossiya prezidenti.
Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollari haqida gapirar ekan, Putin Rossiya bunga «hech qachon e’tiroz bildirmaganini» ta’kidladi. Shu bilan birga, u Ukraina muloqotdan bosh tortishini bildirdi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina tinchlik muzokaralarini boshlamoqchi bo‘lsa, Vladimir Putin davlat boshida turgan paytda Rossiya bilan muloqotni taqiqlovchi farmonni bekor qilishi kerak. «Biz, jumladan, xitoylik do‘stlarimizning takliflaridan foydalanishga tayyormiz», deb ishontirdi Rossiya rahbari.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Mavzuga oid

22:48 / 12.05.2025
Zelenskiy Putinni yuzma-yuz gaplashishga chaqirdi. Rossiya nega otashkesimni cho‘zyapti?

16:55 / 12.05.2025
Rossiya va Ukraina 2022 yildan buyon ilk muzokaralarga tayyorlanmoqda. Otishmalar davom etmoqda

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

14:24 / 12.05.2025