Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi
O‘zbekiston prezidenti 17-18 oktyabr kunlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 17-18 oktyabr kunlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ladi.
Yubiley sammitning kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish dasturlarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.
O‘tgan o‘n yillik davrda ko‘p tomonlama sheriklikda erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilinadi, kelgusi hamkorlikning yangi vazifalari belgilab olinadi.
Davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida dasturiy nutq so‘zlashi hamda “Makon va yo‘l” tashabbusi doirasidagi xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon qilishi kutilmoqda.
Tashrif dasturida XXR raisi Si Tszinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.