Röyxatga Markaziy Osiyoning barça respublikalari, jumladan Özbekiston ham kiritildi, deb xabar berdi RBK.
Röyxatda jami 25 ta davlat bor: Özbekistondan taşqari, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Jazoir, Armaniston, Bahrayn, Belarus, Braziliya, Misr, Hindiston, Indoneziya, Qatar, Xitoy, Kuvayt, Malayziya, Möğuliston, BAA, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tailand va Turkiya.
Uşbu mamlakatlardagi moliya taşkilotlari nafaqat onlayn rejimda bank kartalari va hisobraqamlarini oçişi, balki Rossiya moliya bozorida operatsiyalarni amalga oşiriş uçun jismoniy va yuridik şaxslarni identifikatsiya qilişi ham mumkin. Naşrning aniqlik kiritişiça, 2023 yil iyun oyida Davlat Dumasi qonun hujjatlariga şu mazmundagi özgartirişlarni kiritdi.
Uşbu xizmatni taqdim etiş uçun Rossiya moliya taşkiloti çet ellik hamkor bilan şartnoma tuzib, mijoz yoki uning vakili şaxsini tekşiriş funksiyalarini unga berişi kerak. Şu tarzda, öz mamlakatida identifikatsiyadan ötganidan söng, har kim Rossiyada bank hisobraqami egasi bölişi va Rossiyaga borganida bank kartasini olişi mumkin.
2023 yil sentabr oyida Rossiya milliy tölov kartalari tizimi rahbari Vladimir Komlev bozorning bir neçta yirik iştirokçisi xorijliklar uçun karta çiqariş variantlari ustida işlayotganini aytgan edi. Mutaxassisning sözlariga köra, bu juda talabgir xizmat, çunki u «MIR» kartasi egalariga öz mamlakatida oçilgan hisob raqamidan onlayn tarzda karta hisobini töldiriş imkonini beradi.
Yangilikning dolzarbligi Visa va MasterCard tizimlarining ötgan yili Rossiyani tark etgani bilan izohlanadi. Şundan söng, köplab mijozlar qiyinçiliklarga duç kelgan, Rossiyada çiqarilgan kartalar çet elda işlaşni töxtatgan va xorijiy banklar tomonidan çiqarilgan kartalar ham Rossiya hududida işlaşni töxtatgan edi. Şu sababli, Rossiya hukumati tan olganidek, çet ellik sayyohlar va işbilarmonlar mahalliy moliyaviy infratuzilmadan uzilib qolgan, tovar va xizmatlar uçun tölovni amalga oşirolmagandi.












